"Liverpul" afsonasi Mane va Sterlingni o‘zaro taqqosladi

  • 12 iyul, 2020, 17:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" sobiq futbolchisi Grem Suness "Manchester Siti" forvardi Raxim Sterling va "Liverpul" forvardi Sadio Maneni o‘zaro taqqosladi.

Tecno

“Sterling top darajadagi futbolchi hisoblanadi. Har qanday jamoa uni o‘z safida ko‘rishni xohlaydi – “Real”, “Barselona”, “Bavariya”...U Manedan yoshroq. Ularning o‘yin uslubi bir-biriga o‘xshash va bir xil darajada. Sterling yoshroq va shu sababli men aynan uni o‘z jamoamga olgan bo‘lardim”, - deydi Suness.

25 yoshli Sterling joriy mavsum 46 ta o‘yinda o‘z hisobiga 27 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

28 yoshli Mane esa 44 ta o‘yinda 20 ta gol hamda 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!