"Lion" Dembelega APLdan o‘rinbosar topdi

  • 11 yanvar, 2021, 22:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" rahbariyati "Lester" hujumchisi Islam Slimanini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Tecno

Hozircha shartnoma bandlari ma’lum qilinmayapti. Jazoirlik futbolchi tez orada frantsuz klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Aytish kerakki, Slimani "Lion" safida "Atletiko"ga o‘tayotgan Muss Dembelening o‘rnini egallaydi.

“Lester” Slimanini 2016 yil 31 mln evro evaziga “Sporting”dan sotib olgan edi. U joriy mavsum bor yo‘g‘i  1 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!