
Lineker Messi haqida: Unga teng keladigan futbolchi yo‘q!
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi 2023 yilgi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganiga munosabat bildirdi.
“Mening futbolchilik davrim Messi va Maradona o‘rtasidagi davrga to‘g‘ri keladi. Bunga aqlbovarqilmaydi. Juda ko‘p ajoyib o‘yinchilar bo‘lgan: Zidan, Kroyff, Ronaldo va Ronaldu - bunday o‘yinchilarning to‘liq ro‘yxati bor, lekin bu ikki futbolchi borki, biz ularga o‘rganmaganmiz. Men uchun Messi inkor etib bo‘lmas futbolchi. U bilan solishtirish mumkin bo‘lgan boshqa to‘purarlar ham bor, masalan, Krishtianu Ronaldu, lekin futbolchining o‘yinini tomosha qilishdan zavqlanish nuqtai nazaridan Lionel Messiga teng keladigani yo‘q", - deya Linekerning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Messi faoliyatidagi sakkizinchi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. “Oltin to‘p”ni argentinalik hujumchidan ko‘ra ko‘proq hech kim qo‘lga kiritmagan. Messi nufuzli mukofotni 2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019, 2021 va 2023-yillarda qo‘lga kiritgan.
Fikrlar