
Liga 1. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda PSJ zafar quchdi
Frantsiya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan PSJ - "Monako" uchrashuvi mezbonlarning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 18-daqiqada Ramush hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Minamino imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Taym so‘nggida esa Mbappe jamoasini oldinga olib chiqdi. 70-daqiqada Dembele farqni 2 taga oshirib qo‘ydi. 75-daqiqaga darvozalar yana bir martadan ishg‘ol qilindi. 90+7 daqiqada Kolo-Muani hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Shu tariqa, parijliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 1-o‘rinda ketmoqda.
Fikrlar