Levandovski "Sevilya"ga qarshi o‘yinda penaltidan gol ura olmaganiga izoh berdi

  • 7 oktabr, 12:57
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski La Liganing 8-turida "Sevilya"ga (1:4) qarshi o‘yinda amalga oshirilmagan penaltidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Bunday o‘yinlar ba’zan bo‘lib turadi. Bu futbolning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Hamma narsa sen kutgandek kechavermaydi. Ba’zan penaltidan gol ura olmaysan, lekin bu ham o‘yindagi bir holat. Shu kabi vaziyatlar bizga kelgusida kuch beradi, deb o‘ylayman.

Albatta, juda afsusdaman. Ammo umid qilamanki, biz bu mag‘lubiyatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lamiz va qolgan o‘yinlarda uni motivatsiya sifatida ishlatamiz. Omadsizliklar doim sodir bo‘ladi — yoki yutqazasan, yoki imkoniyatdan foydalanolmaysan. Eng muhimi — tezroq tiklanish, maydonga qaytish va yangi sinovlarga tayyor ekaningni isbotlash", — dedi Levandovski "Meczyki" nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, polyak hujumchisi joriy mavsumda La Liga doirasida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!