Levandovski: "Ronaldu va Messi davrida o‘ynash men uchun yutuq"

  • 15 sentabr, 21:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski sportdagi uzoq umr haqida so‘z yuritar ekan, Novak Jokovich, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Biz Jokovich bilan do‘stmiz, ba’zan uchrashib turamiz. U hazilkash yigit va hali ham yuqori darajada tennis o‘ynayapti. Bu yoshida shunday natija ko‘rsatish uchun juda ko‘p mehnat qiladi.

Men esa Ronaldu va Messi bilan bir davrda o‘ynadim. Agar so‘nggi 15 yilda ular bo‘lmaganida, ehtimol menda ko‘proq sovrin bo‘lardi. Lekin men bunga boshqacha qarayman – ular bilan birga futbol hayotini o‘tkazganim, demak, men ko‘proq yutuqqa erishganman", – deya ta’rif berib o‘tdi "Bavariya"ning sobiq futbolchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!