Levandovski Flikning katta xatosini aytdi

  • 23 dekabr, 2024, 09:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Ispaniya chempionatining 18-turida o‘z maydonida asosiy raqobatchilaridan “Atletiko”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygan edi.

Tecno

Bu o‘yinda hisobni mezbonlar ochganiga qaramay, madridliklar o‘yin oxirigacha ikkita to‘p kiritdi. G‘alaba to‘pi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan oltinchi daqiqada kiritildi.

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski mag‘lubiyatga sabab bo‘lgan omil haqida o‘z qarashlarini bildirdi. Bu ko‘proq bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo‘llagan taktikaga bog‘liqligini yashirmadi.

- “Atletiko”ga qarshi bahsning oxirida biz bu xuddi finaldek, unda yutqazayotgandek va nima qilib bo‘lsa ham, hisobni tenglashtirishimiz shartdek  o‘ynashimizga to‘g‘ri keldi. Ba’zan uchrashuvda g‘alaba qozona olmasang, hech bo‘lmasa durang natijani ushlab qolish uchun harakat qilish kerak. Bu taktik mavsum davomida bir necha bor bizga pand berdi, - dedi Robert Levandovski.

Bu mag‘lubiyatdan keyin “Barselona” uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Dastlabki ikki pog‘onani ashaddiy raqiblar – Madridning “Atletiko” va “Real” klublari egallab oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998934037982
23/12/2024 12:50
Lekin chiroyli uyin buldi .hujum nol Barsada.Holand kelsa zur bulib ketadi
&
+998934037982
23/12/2024 12:49
Shu kut urganda Barselona yutar edi.
Uch metrdan tupni tepolmadi .aybni uzingdan qidir.