
Levandovski “Bavariya”dan o‘ch olyapti
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski klub uni “Barselona”ga qo‘yib yubormayotgani tufayli mashg‘ulotlarda o‘zini yomon tomondan ko‘rsatmoqda.
Avvaliga mavsumoldi mashg‘ulotlariga bormasligini aytgan hujumchi keyinchalik fikrini o‘zgartirdi va jamoaga qo‘shildi.
Levandovski birinchi kungi mashg‘ulotlarga oxirgi keldi va olti daqiqa kech qoldi.
Ikkinchi kuni ham u xuddi shunday yo‘l tutdi va ikki daqiqa kech keldi. Levandovski 9:00 ga belgilangan mashg‘ulotlarni soat 10:00da boshladi.
Robert jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan gaplashmayapti. Shu ikki kun ichida u bir marta uning qo‘lini siqib qo‘ydi, lekin muloqot qilgani yo‘q.
Fikrlar