
Levandovski 100 million dollardan voz kechdi
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski anchadan beri Saudiya Arabistoni klublari nishonida turibdi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Saudiya Arabistonining nomi sir tutilayotgan klubi polshalik forvardga yillik maoshi 100 million evro bo‘lgan taklif bergan.
Biroq 35 yoshli to‘purar Osiyoga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi. Levandovski o‘zini “Barselona”da baxtiyor his qilyapti va klubdan ketmoqchi emas.
Kataloniya klubi tajribali forvardni 2022 yilning yozida “Bavariya”dan 45 million evroga transfer qilgan edi.
“Barselona” rahbariyati bir necha bor jamoada eng katta maosh olayotgan Levandovskidan qutilishga harakat qilayotgani haqida ham xabarlar tarqatilgan edi.
Fikrlar