
Leva, xushyor bo‘l! "Barsa" rahbariyati jahon chempioni bilan muzokara boshladi
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti” bilan hujumchi Xulian Alvaresning ehtimoliy transferi borasida muzokaralar jarayoniga kirishdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
OAVga ma’lum bo‘lishicha, “ko‘k-anorranglilar” argentinalik hujumchini keyingi mavsumda ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Kataloniyaliklar “Siti”da Erling Xolandning soyasida qolib ketayotgan Alvaresni asosiy tarkib o‘yinchisiga aylantirishga tayyor.
O‘z navbatida Xulian ham "Manchester Siti"dagi mavqeidan norozi va shu sababli jamoasini o‘zgartirishga tayyor. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Alvares joriy mavsum “shaharliklar” safida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar