"Lester" sobiq ustozi "Uotford" bosh murabbiyi etib tayinlandi

  • 7 dekabr, 2019, 07:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL vakili "Uotford" Nayjel Pirsonni klub yangi bosh murabbiyi etib tayinladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv mavsum yakunigacha amal qiladi. Mutahassis hafta so‘nggida ishga kirishadi.

Tecno

Pirson "Lester"dagi faoliyati bilan futbol muxlislariga yaxshi tanilgan. U "tulkilar"ni 2008 yildan 2010 yilgacha va 2011 yildan 2015 yilgacha boshqargan.

"Uotford" Angliya chempionatida 15 turdan so‘ng 8 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda. Klub bu mavsumda ikki murabbiyni Xavi Garsiya va Kike Floresni ishdan olishga ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!