
"Lester" Pereyrani ijaraga olmoqchi
"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim himoyachisi Andreas Pereyrani yozda boshqa klubda ijaraga berib yuborishni rejalashtirmoqda.
Pereyra ayni vaqtda jamoada etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganligi sababli, klub mutasaddilari uni ijaraga berish varianitini o‘ylab qo‘ygan.
23 yoshli yarim himoyachi xizmatiga "Lester" tomonidan qiziqish bo‘lmoqda. Ushbu jamoa Pereyrani ijaraga olish borasida "MYu"ga taklif bilan chiqishni rejalashtirgan.
Fikrlar