
Lempardni iste’foga chiqarishmoqchi
Afsonaviy angliyalik futbolchi, hozirda "Everton" bosh murabbiyi hisoblangan Frenk Lempard tez orada o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "irischilar" rahbariyati Lempard qo‘l ostidagi jamoa qayd etayotgan natijalardan norozi va shu sababli uni iste’foga chiqarish haqida o‘ylamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Frenk “Everton”ni 2022 yilning yanvar oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Mersisaydliklar APLning ortda qolgan 20 ta turidan so‘ng 15 ochko to‘pladi va musobaqa turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda. Kecha ular Londonda “Vest Xem”ga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Fikrlar