
Lempard yana London klubi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
"Kristal Pelas" rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Roy Xojson o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Jurnalista Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 73 yoshli murabbiy joriy mavsum yakunlangach bosh murabbiy lavozimidan ketishi mumkin. Aniqrog‘i, Xojson faoliyatini yakunlamoqchi.
London klubi bosh murabbiyligiga Frenk Lempard va Patrik Vieyra nomzodlari asosiy bo‘lib turibdi. Angliyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi "Chelsi", frantsiyalik mutaxassisniki "Nitstsa" klubi bo‘lgan edi.
“Kristal Pelas” 32 turdan so‘ng Angliya premer-ligasi musobaqa jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar