
Lempard yana APL klubini boshqarishi mumkin
"Norvich" klubi rahbariyati iste’foga chiqarilgan Daniel Farke o‘rniga jamoaga yangi bosh murabbiy qidirmoqda.
The Sunday Times nashri tarqatgan xabarga qaraganda, ushbu lavozimga "Chelsi" afsonasi Frenk Lempard nomzodi favorit bo‘lib turibdi. Bundan tashqari ro‘yxatda "Borussiya" Dortmundning sobiq ustozi Lyusen Favr, "Nyukasl"ning sobiq ustozi Stiv Bryus va "Aston Villa"ning sobiq bosh murabbiy assistenti Jon Terri nomzodlari ham mavjud.
"Norvich" premer-liganing o‘tgan 11 turidan so‘ng musobaqa jadvalida so‘nggi 20-o‘rinni egallab turibdi.
Frenk Lempardning so‘nggi ish joyi Londonning "Chelsi" klubi bo‘lgan. U "aristokratlar"ni 2019-2021 yillarda boshqardi.
Fikrlar