
Legionerning jag‘ini sindirgan Axmataliev futboldan besh yilga chetlatildi
Qirg‘iziston futbolida ko‘ngilsiz holat ro‘y berdi. Mamlakat chempionati oliy ligasida ishtirok etayotgan “Muras Yunayted” jamoasi o‘yinchisi Mirbek Axmataliev futboldan besh yilga chetlatildi.
Voqea 15 avgust kuni ro‘y bergan. “Muras Yunayted” mashg‘ulotlarinig birida mushtlashuv yuz bergan. Janjalni 30 yoshli yarim himoyachi Mirbek Axmataliev keltirib chiqargan.
Qirg‘izistonlik futbolchi Ukrainadan kelgan jamoadoshi Evgeniy Terzini urib, jag‘ini sindirdi.
Qirg‘iziston futbol uyushmasining jazo chorasi juda og‘ir bo‘ldi. Yuqorida aytilganidek, Mirbek Axmataliev besh yilgan futboldan chetlatildi, “Muras Yunayted” o‘yinchi bilan shartnomani bekor qilib yubordi.
Bundan tashqari, “Muras Yunayted” rahbariyati bu voqeadan keyin sport direktori va murabbiylar shtabini ishdan bo‘shatdi.
Fikrlar