
Legionerlarimiz. Zoteev 3 oylik tanaffusdan so‘ng maydonga qaytdi
Bugun Janubiy Koreya K2 Ligasida 25-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Oleg Zoteev to‘p tepadigan "Chonnam" jamoasi o‘z maydonida "Tedjon Sitizen"ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. E’tiborlisi, jarohatidan forig‘ bo‘lgan Zoteev 3 oylik tanaffusdan so‘ng, bugun ilk marta maydonga tushdi.
U so‘nggi bor 26 iyulda "Geongnam"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan va aynan o‘sha bahsda jarohat olgan edi. 31 yoshli hamyurtimiz bugungi bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 65-daqiqada zaxiraga olindi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, "Chonnam" hisobidagi ochkolar soni 36 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar