
Legionerlarimiz. Odil Ahmedovning jamoasi navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyat olib borayotgan “Shanxay SIPG” jamoasi bu safar “Beyjing Jenxe” klubiga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda hamyurtimiz boshlang‘ich tarkibda maydonga chiqdi va 76 daqiqa harakat qildi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng, “Shanxay SIPG” hisobidagi ochkolar soni 34taga etdi va jamoa musobaqa jadvalida 2-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar