
Legionerlarimiz muhtojlarga ovqat tarqatdi (foto)
Rossiya Premer-ligasi vakili – “Rubin”da to‘p tepayotgan ikki legionerimiz – Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev savobli ishga qo‘l urdi.
Har ikki futbolchimiz o‘z jamoadoshi – rossiyalik darvozabon Nikita Yanovich bilan birga Qozon shahridagi qariyalar mehribonlik uyini ziyorat qildi.
Ular muhtojlarga ovqat tarqatish punktida chariyalarga mehribonlik ko‘rsatib, ularga taom ulashdi. Bundan tashqari, futbolchilar bu erdagi sharoitlar bilan tanishdi, loyiha tashabbuskorlari bilan muloqot qildi.
- Biz yigitlar bilan bir chetda qarab tura olmadik, bu erga kelib, muhtojlarga ovqat tarqatdik. Yaxshiki, murakkab ahvolga utshib qolganlar amaliy yordam berayotgan mana shunday tashkilotlar bor ekan, - dedi Nikita Yanovich.
“Rubin” himoyachisi Rustam Ashurmatov ham loyiha haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bundan tadbirda birinchi marotaba qatnashishimga to‘g‘ri kelli. Biz bu erdagi sharoitlarni ko‘rib, muhtojlarga qanday yordam berilayotgani bilan tanishdik. Qo‘llab-quvvatlash va ko‘makka muhtoj bo‘lgan odamlarga albatta yordam berish kerak, deb hisoblayman, - dedi Rustam Ashurmatov.
Ta’kidlash joizki, “Bunyodkor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Markaziy himoyachi pozitsiyada o‘ynaydigan Rustam yurtimizda “Qo‘qon 19-12” va “Navbahor” jamoalari sharafini ham himoya qilgan.
Ashurmatov 2019-2022 yillar davomida Janubiy Koreyaning “Kvandju” va “Kanvon” jamoalarida ham muvaffaqiyatli to‘p tepgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblangan 27 yoshli himoyachi “Rubin”da 2023 yilning yanvaridan beri o‘ynayapti. Hamyurtimiz o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida qozonliklar Premer-ligaga yo‘llanma olishiga yordam berdi.
Rustam Ashurmatov milliy terma jamoamiz safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
20 yoshli Umarali Rahmonaliev ham “Bunyodkor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan legionerimiz yil boshida Qozon klubi bilan shartnoma imzoladi. Shunga qaramay, u yozgacha asosiy e’tiborini O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo va jahon chempionatlaridagi ishtirokiga qaratdi.
Bu vaqt oralig‘ida “Rubin” Premer-ligaga yo‘llanma oldi. Umarali yuqori divizionda sakkizta uchrashuvda qatnashdi va kubok o‘yinlarida besh marta maydonga tushdi.
Rossiya chempionatida 14 ta uchrashuvda 19 ochko jamg‘argan qozonliklar musobaqa jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda. “Rubin” navbatdagi uchrashuvni 12 noyabr kuni safarda “Sochi” futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.
Fayzullaev Evropadan yaxshi taklifni rad etmaydi!
Angliya chempioni Fayzullaevni qaysi jamoaga tasviya qilganini aytdi
Fayzullaevning kuchiga Evropaga o‘tganida baho beramiz!
Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldorning yordami katta bo‘ladi!
Fayzullaev O‘runov duch kelgan muammolarga uchramaydi
Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!
Legionerlarimiz chempion “Ordabasi”da qoladimi?
Fayzullaev uchun qiyinchiliklar endi boshlanadi!
Shomurodov eng oxirida, Husanov esa yo‘q!
Fayzullaev o‘zbek futbolining kuchli jihatini aytdi
Fayzullaev: Boshida meni ortga qaytarib yubormoqchi bo‘lishgan edi...
Fayzullaevni emas, Messini maqtang!
Fikrlar