
Legionerlarimiz. Bugun Shomurodov va G‘aniev o‘ynaydi
Bugun ham xorijda to‘p tepayotgan legionerlarimiz o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.
BAA chempionati 4-turi doirasida "Al-Batex" jamoasi "Al-Sharja"ni mehmon qiladi. Bellashuv 18:20da start oladi. Aziz G‘aniev asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, bugun Italiyaning "Roma" jamoasi Evropa Ligasi doirasida "Atletik" bilan bahs olib boradi. Bellashuv 00:00da start oladi. Eldor Shomurodov qaydnomada bor va maydonga tushishga tayyor.
Fikrlar