Legionerimiz o‘ynagan bahsda jamoasi g‘alaba qozondi

  • 1 fevral, 2021, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya milliy futbol ligasining “Nefteximik” va “SKA-Xabarovsk” jamoalari Turkiyada tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashdi.

Tecno

Har ikki jamoa joriy mavsumda 40 tadan ochko jamg‘argan holda, musobaqa jadvali etakchilarini ta’qib qilmoqda.

Turkiyadagi bellashuvda hisobni xabarovskliklar ochganiga qaramay, Vagiz Galiulin jamoasi uchta javob to‘pini kiritib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi

“SKA-Xabarovsk” — “Nefteximik” — 3:1 (1:1)

Gollar: Barokov, 2 (1:0). Petrov, 44 penalti (1:1), Klenkin, 50 (1:2), Yakovlev, 83 s penalti (1:3).

“SKA-Xabarovsk”: Sugrobov (Gorodovoy, 60), Trufanov, Bolshakov, Emerson (Ilik, 60), Kolesnichenko (Suslov, 60), Martusevich, Kvekveskiri (Maleev, 60), Georgievskiy (Batyutin, 60), Bezlixotnov (Ivankov, 60), Bazelyuk (Nikiforov, 60), Barkov (Bragin, 60).

“Nefteximik”: Golubev, Kalugin, Agapov, Shiryaev, Sitdikov, Petrov, Xubaev, Yushin, Galiulin, Klenkin, Uridiya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!