
Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!
Belarus chempionatida ajoyib o‘yin namoyish etayotgan Bobur Abduxoliqov ko‘plab xorijlik mutaxassislar va muxlislar nazariga tushdi. “Energetik-BGU” sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Bularus oliy ligasida oltita uchrashuvda sakkizta gol va uchta assist bilan chempionatning eng yaxshi to‘purari va eng foydali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.
Legioner sifatida yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan Bobur Abduxoliqov bilan yaqindan tanishish maqsadida Belarus futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.football.by sayti eksklyuziv intervyu tashkillashtirdi.
- Hozir deyarli har bir uchrashuvdan keyin jurnalistlar sening oldingga kelyapti. O‘zbekistonda ham shunday e’tibor bo‘lganmi?
- Ha. To‘g‘risi, men katta interyular berishni, ko‘p gapirishni yoqtirmayman. O‘yindan keyin qisqa suhbat formati ma’qul.
- Sen Qashqadaryo viloyati, Koson shahrida tug‘ilgan. U nimasi bilan mashhur?
- Koson Qarshidan 30 kilometr masofadagi tuman markazi. Bir necha yil oldin bu erda 70 ming aholi yashagan. Biz tomonlarda O‘zbekistonda go‘shtni eng zo‘r tayyorlashadi. Tandir degan ovqat bor. Go‘shtni tandirda pishirishgani uchun ham nomi shunday. Qo‘yning butun bo‘laklarga bo‘lib, tandirga solib, har xil qo‘shimchalarsiz pishirishadi. Uni ta’tib ko‘rgani juda ko‘p odam keladi. Hammaga yoqadi.
- Palov damlay olasanmi?
- Yo‘q. Bu ish onam qoyillatadilar. O‘zbekistonda palov asosiy taom. Bizda uning barcha sir-asrorlarini yaxshi bilishadi. Minskda ikkita o‘zbek choyxonasi bor, o‘sha erda milliy taomlarimizni tayyorlashadi. Oshi ham zo‘r. “Energetik-BGU”dagi o‘zbeklar o‘sha erga borib turamiz.
- Bir necha kun oldin Ramazon tugadi. Ro‘za tutdingmi?
- Yo‘q, salomatligim nuqtai nazaridan tutmadim. O‘tgan yili oshqozonim og‘rigandi. Shifokorlar, tez-tez, ya’ni kuniga besh marta kam-kamdan ovqatlanishim kerakligini aytishdi. Aks holda, oshqozondagi muammo kuchayib ketishi mumkin ekan.
- Yurting haqidagi suhbatga qaytamiz. Kosonda futbol jamoasi bormi?
- Hozir yo‘q. Avval birinchi ligada jamoa bo‘lgan. O‘n yillar avval. Nomini bir necha bor o‘zgartirishgan.
- Futbol bilan qaerda va qanday shug‘ullana boshlagansan?
- Kosonda futbol to‘garagi yo‘q edi. Maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi shug‘ullantirardi. Tuman maktablari o‘rtasidagi musobaqada qatnashdik. O‘sha erda meni Qarshidagi internatga taklif qilishdi. To‘rtinchi sinf edim.
- Ota-onang osonlikcha qo‘yib yuborishdimi?
- Ha shunday bo‘ldi. Birinchidan, borgan joyim Kosondan uzoq emasdi. Ikkinchidan, o‘qituvchim ular bilan gaplashib, ko‘ndirdi. Uchinchidan, ular mening futbolga qanday qiziqishni bilishardi. Shuning uchun ham qo‘llab-quvvatlashdi.
- Oilangda sportchilar bormi?
- Yo‘q. Men o‘zim xolos. Otamning o‘z ishi bor. Onam o‘qituvchi. Akam va opam ham bor.
- Keyin Qarshida nimalar bo‘ldi?
- Internatda bir yil tahsil oldim. Keyin internat o‘rnida futbol maktabi ochildi va meni o‘sha erga qabul qilishdi. Bu “Nasaf” akademiyasi edi. To‘rt yildan keyin o‘rinbosarlar safiga qo‘shildim. Dastlabki yarim yil umuman o‘ynamadim, murabbiy ishonch bildirmadi. Bunaqasi har qanday futbolchi hayotida bo‘lishi mumkin. Bu mening foydamga ishladi. Kuchliroq shug‘ullana boshladim. Maqsad aniq bo‘lsa, ko‘proq narsaga erishmoqchi bo‘lsak, qattiqroq mehnat qilish kerak. Ayrim o‘rtoqlarim, ana shunday vaziyatda futboldan ketib qoldi. 2015 yili o‘rinbosarlardan asosiy tarkibga o‘tdim va debyutimni nishonladim.
- O‘tgan yili fevralda “Nasaf”dan Ukrainaga bording. Lvovning “Rux” klubiga. Lekin o‘ynamading. Murabbiy bilan munosabat o‘xshamagani aytildi. Nima bo‘lgandi?
- Murabbiy bilan urishib qolganim yo‘q. Men har doim markaziy hujumchi bo‘lganman. “Rux” bosh murabbiyi o‘ng qanotda o‘ynata boshladi. Unga bu pozitsiyada avval o‘ynamaganim bois, noqulay bo‘layotganini tushintirdim. O‘shanda nafaqat Qarshi, balki O‘zbekistondan birinchi marta chetga chiqqandim. Ko‘nikishim uchun meni qo‘llab-quvvatlashsa yaxshiroq bo‘lardi. Lekin...
Bir marta murabbiyga “Meni hujum markaziga qo‘ying, bolaligimdan shu pozitsiyada o‘ynaganman. Bu pozitsiyada qaerga yugurish va nima qilishni yaxshi bilaman”, dedim. U menga “O‘rinbosarlar safida buni isbotla, gol ur”, dedi.
Muammo yo‘q va men bitta gol va assist qayd etdim. Murabbiy “Mayli senga imkon beraman”, dedi. Keyingi o‘yinga zaxiraga ham kiritmadi. Undan “Nega bir gapni aytib, amalda boshqa ish qildingiz?”, deb so‘radim. Shundan keyin men bilan gaplashmay qo‘ydi.
Davomi bor...
“Roma” ham, Mourino ham yoqmadi!
Ikki daqiqa o‘ynagan Shomurodov zo‘r baho oldi!
Rossiyaliklar Shomurodov duelini kutyapti!
Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!
“Roma” hujumchisi: Ketishim kerak bo‘lgan vaqt kelganini bildim!
Gol urish mana bunaqa bo‘ladi! O‘zbek legioneri birinchi xet—trikni qayd etdi!
Shomurodovni ham o‘ynatib ko‘rdik, biroq... Mourino legionerimiz haqida ham gapirdi
Fikrlar