
Legionerimiz klubi bilan shartnomani uzaytirdi
Tojikiston chempionatida to‘p surayotgan legionerlarimiz bor. Ularning orasida yarim himoyachi Firdavs Abdusalimovni alohida ko‘rsatish mumkin.
Chunki 29 yoshli yarim himoyachi 2021 yilning yozida “Xo‘jand” safiga qo‘shilgan bo‘lib, shundan buyon ushbu klub sharafini himoya qilib kelmoqda.
2024 yil oxirida shartnomasi yakuniga etgan futbolchimiz joriy mavsum uchun ham yangi shartnoma imzoladi va yil so‘ngiga qadar yana “Xo‘jand” sharafini himoya qiladi.
Abdusalimov undan avval Samarqandning “Dinamo” va “Sherdor” jamoalarida o‘ynagan. Firdavs “Xo‘jand”da shu paytgacha 127 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Legionerimiz allaqachon xo‘jandliklarning etakchisiga aylanib ulgurgan va bosh murabbiy Rustam Xodjaev bu yil ham uni o‘z rejalariga kiritgan.
Fikrlar