
Legionerimiz eng zo‘r futbolchilar qatorida!
2021 yil Shahboz Umarov uchun muvaffaqiyatli yakunlanmoqda. Iste’dodli futbolchimizni mavsumni Belarus kubogini qo‘lga kiritish bilan boshlab, chempionat oliy ligasining kumush medali bilan yakunlandi.
Yaxshi bilasiz, Shahboz o‘tgan yili ilk bor legioner sifatida “Energetik-BGU” sharafini himoya qilib, 30 ta uchrashuvda to‘rtta gol va uchta golli pas muallifi bo‘lgandi. Belarusning eng qudratli klublaridan hisoblangan BATEda hamyurtimizning samaradorligi yuksalgani e’tiborga molik.
Mavsum avvalida etakchilik qobiliyatini namoyish qilgan Shahboz hujum chizig‘ining turli nuqtalarida to‘p tepdi. Raqiblar darvozasiga oltita to‘p kiritib, sakkiz marta jamoadoshlariga golli pas uzatdi.
Hamyurtimizning bu natijalari BATE futbolchilari orasidan eng zo‘rlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada yuqori o‘rinlardan birini egallashiga sabab bo‘ldi. Jamoaning mavsumdagi eng yaxshi ijrochilarini aniqlash bo‘yicha jami 24-marotaba tashkil etilgan so‘rovnomada 14 nafar futbolchining nomi qayd etildi. Ovoz berishda futbol mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va muxlislar ishtirok etdi. Birinchi o‘ringa uch, ikkinchisiga ikki va uchinchi qatorga loyiq ko‘rilganiga bir ochko berildi.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, BATEning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Evgeniy Yablonskiy e’tirof etildi. Keyingi pog‘onalarni xorvatiyalik himoyachi Yakov Filipovich va yarim himoyachi Pavel Nixaychik egalladi. Shahboz Umarov kuchli to‘rtlikdan joy oldi.
So‘rovnomaning umumiy natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Evgeniy YaBLONSKIY — 172 (105+52+15)
- Yakov FILIPOVICh — 155 (102+40+13)
- Pavel NEXAYChIK — 113 (69+32+12)
- Shahboz UMAROV — 63 (9+32+22)
- Aleksandar FILIPOVICh — 30 (12+6+12)
- Andrey KUDRAVETs — 22 (0+8+14)
- Stanislav DRAGUN — 14 (3+8+3)
- Nikolay SIGNEVICh — 14 (0+12+2)
- Pavel KARASEV — 6 (0+4+2)
- Anton ChIChKAN — 4 (0+2+2)
- Valeriy GROMIKO — 2 (0+0+2)
- Nemanya MILICh — 2 (0+2+0)
- Danila NEChAEV — 2 (0+2+0)
- Maksim SKAVISh — 1 (0+0+1)
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, Shahboz Umarov Belarus oliy ligasida o‘ynayotgan eng zo‘r legioner ramziy terma jamoasidan joy olgan, uning “Shaxtyor” darvozasiga kiritgan to‘pi mavsumning eng chiroyli gollaridan biri sifatida e’tirof etilgan edi.
O‘zbek legioneri katta summaga transfer qilinadi!
Shomurodov va Abraxam. Mourino qudratli “Roma”ni yana kimlar bilan qurmoqchi?
To‘purar legionerimiz: Men tezkormasman, texnikam ham zo‘r emas demayman, lekin...
Evropa Chempionlar ligasida qatnashadigan klub “Navbahor” ko‘zlagan legionerimizga shartnoma taklif qildi
Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!
Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...
Ana xolos! “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti!
Shomurodovning hisobi bo‘sh...
Fikrlar