Lazarevich "Qizilqum" haqida: "Jamoa o‘yinga bo‘lgan qarashini o‘zgartirsa natijalar ham yaxshi tomonga o‘zgaradi"

  • 11 may, 2023, 23:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yili faxrli 5-o‘rinni egallagan “Qizilqum”da joriy mavsum oldidan yana jiddiy o‘zgarishlar bo‘lganini bilasiz.

Tecno

Ko‘plab etakchilar ketishdi, shu jumladan bosh murabbiy Nikola Lazarevich ham. Uning o‘rniga Asror Aliqulov tayinlangandi. Biroq 9-turdan keyin qoniqarsiz natijalar sababli u ishdan ozod etildi.

Bu yilgi natijalar muxlislari kutgandek chiqmayapti. Sports.uz jurnalistli esa navoiyliklarning sobiq ustozi Lazarevichga bir qancha savollar bilan murojaat qildi.

- O‘zbekistondagi bir yil faoliyatingiz haqida nimalarni eslaysiz?

- Bizda chiroyli va shuning bilan aytish o‘laroq yomon holatlar ham yuzaga kelgandi. Men yomon holat deb ko‘plab futbolga aloqador odamlarning maydondan tashqarida qanday ishlar bilan shug‘ullanayotganlarini aytmoqchiman. Bu o‘z navbatida o‘yinchi, murabbiy va rahbariyat o‘rtasidagi munosabatga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ammo bu xususida boshqa gapirmoqchi emasman. Faqat chiroyli vaziyatlarni, jamoa erishgan yutuqlarni va “Qizilqum” muxlislariga bo‘lgan mening munosabatimni, bundan tashqari, ishqibozlarning menga bo‘lgan va boshqa jamoa muxlislarining munosabatlarini yodga olaman xolos.

- “Qizilqum”da qo‘l ostingizda o‘ynagan futbolchilar orasida siz uchun eng yaxshisi kim edi?

- Bu savolga aniq javob bera olmasligim aniq. Agar statistikaga qaraydigan bo‘lsak, Stanislavlevich va Temurxo‘ja Abduholiqov o‘rtasida kiritilgan gollar borasidagi holatga nazar solish kerak. Ammo ulardan tashqari boshqalar ham bor. To‘xtaxo‘jaev, Shoahmedov, Muhammadiev. Bu o‘yinchilarni tanlagan va mavsum boshlanmasidan oldin selektsiya qilgan holda ularni qo‘lga kiritgan bo‘lardim. Mening futbolchilar borasidagi falsafam, ularning profillariga e’tibor qaratishdan iborat.

lazarevich

- Umuman, sobiq jamoangizni kuzatyapsizmi? 1 g‘alaba, 2 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etib turibdi...

- Agar kerakli ma’lumotlarni qo‘lga kirita olmasam natijalarga ko‘z tashlayman. Bunday vaziyatda statistika yaxshi bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq shuni ishonch bilan ayta olamanki, jamoa o‘yinga bo‘lgan qarashini o‘zgartirsa natijalar ham yaxshi tomonga o‘zgarib, hammasi iziga tushishi mumkin. Nima sababdan hozirgi holat yuzaga kelgani borasida boshqa odamlardan so‘raganingiz ma’qul.

- “Qizilqum”da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan Asror Aliqulov is’tefoga chiqarildi. Eshitishimizcha, klubning ichki muhiti ham joyida emas. Sizningcha, jamoada birinchi navbatda nimani o‘zgartirish kerak?

- Men o‘tgan mavsum chempionat oxirida rahbariyat bilan gaplashganman. O‘shanda ular asosiy reja sifatida joriy mavsumda kuchli jamoa tuzish o‘rniga e’tiborni infratuzilmani yaxshilashga, yangi mashg‘ulotlar maydonini qurishga, yangi baza bunyod etishga va asosiy maydonni o‘zgartirishga urg‘u berishlarini aytishgandi. Ammo mendagi ma’lumotga ko‘ra, hozirgacha biror-bir qurilish amalga oshirilmagan. Byudjet bor, lekin uni iqtisod qilish, tejash kerak emas. Aksincha, bazaga investitsiya kiritish darkor. Ammo mening fikrimcha, birinchi navbatda klubdagi o‘yinchilarga erkinlik yaratish kerak. Birinchi davra oxirida selektsiyaga e’tibor qaratib, klub o‘yinini kuchaytira oladigan futbolchilar olib kelish kerak. O‘z navbatida ayrimlari bilan xayrlashish lozim. Bu esa o‘ziga xos shok terapiya bo‘ladi. Shok terapiya esa jamoani sezilarli darajada o‘zgartira oladi.

- Imkon paydo bo‘lsa, yana O‘zbekistonga qaytasizmi?

- Bu savolga men avval ham javob qaytarganman. Faqat aytishim mumkinki, “Qizilqum”da yaxshi va jiddiy loyiha bor. Birinchi navbatda jamoa yuqori natijalar uchun kurashadigan bo‘lsa, byudjet ustidan nazoratni biroz pasaytirib asosiy e’tiborni futbolchilarning transferlariga qaratish kerak bo‘ladi. Agar mana shunday selektsiyaga e’tibor qaratilmaydigan bo‘lsa, klubga qaytishim borasida gapirish befoyda.

lazarevich1

- Yurtimizda ishlab o‘zingiz uchun nima o‘rgandingiz va futbolimizga nima bera oldim, deb o‘ylaysiz?

- Afsuski, o‘tgan yili o‘zim istagan rejalarning ko‘pini amalga oshira olmadim. O‘zimni xuddi cheklab qo‘yilgandek his qildim. O‘z navbatida rahbariyat ham buni biladi. Lekin shunga qaramasdan jamoaga o‘zimizdagi bor narsani berib, yaxshi ishlashga harakat qildik. Agar mavsum oldidan o‘ylab qo‘ygan rejalarimizning aqalli yarmi ham amalga oshganida, ya’ni, aytmoqchimanki, butun selektsiya ishlari va ishlash uchun shart-sharoitlar klubda qolgan va unga yana ko‘p narsa bera olgan bo‘lardim.

- Sizningcha, bu mavsum qaysi jamoa chempion bo‘ladi?

- O‘tgan yili “Qizilqum”dan tashqari zamonaviy, zo‘r va chiroyli futbol o‘ynagan boshqa klublar ham bo‘ldi. Masalan, “Nasaf” bilan “Olimpik”ni aytish mumkin va albatta “Paxtakor” ham. Ularni men joriy chempionatda ham musobaqa favoritlari deb hisoblayman. Bilasizmi, yil boshidan ko‘plab jamoalarni kuzata olmadim. Chempionatdagi futbol sifati haqida hozir ko‘p narsa bilmayman. Lekin menimcha, “Navbahor”ni ham favoritlar qatoriga qo‘shgan yaxshi. Bilishimcha, klub tarkibni ancha kuchaytirgan va favoritlardan biri sifatida kurash olib borishga bel bog‘lagan.

Shuhratbek Jo‘raev.    

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Нор Носиров
12/05/2023 13:16
Бу Мураббий яхши аклли мураббий эди лекин эътибор берилмади Кизилкумга хайронман Лазаревичдан Аликулов Устинми? Лазаревичда замонавий тактик уйин схема бор эди , Навбахорга карши уйиндан кейин умуман мураббийда ишонч колмади узбек футболига журналист эътибор бермади чамамда бир нарса очиклаб утди , Хамма курган ва кураётган футбол уйинига футболдан ташкари шахсларни аралашувини хакамлар холатини хаттоки кайси жамоалар футбол уйнаётганини очиклаяпти лекин хеч ким эътибор бермаяпти Факат Бердиев деган мураббий бахслашаяпти колганларчи ? Кападзе кани нима уз футбол фалсафасини гапирмайди келинг мозийга кайтамиз Турон Сугдиона Уйинида бошга теккан тупни кулга тегди деб хисоблади ва 11 метрлик Бакоев Норхоновга тупни дарвазога эмас бошка томонга тепишни тайинламади чунки Бакоев зур мураббий (куштирнок ичида) шундан улугбекдан кунглим колган шундан Турон буён узига келмаяпти мана шундай нохакликлар булганда футбол мураббийлари хам муносабат билдириши керак чамамда шунда футболимиз хакикат томонга узгаради деб уйлайман Сизларчи?