Laporta: "Real"ning da’volari – asossiz. Ular "Barsa"ning eng kuchli davrini ko‘tara olmayapti"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Real" prezidenti Florentino Peresning "Barsa"ning tarixdagi eng kuchli davri Negreyraga to‘langan mablag‘lar bilan "mos kelgan" degan bayonotiga javob qaytardi.
"Ularda qandaydir ta’qib xayoli bor. Ular "Barsa" 2004–2015 yillarda dunyoning eng kuchli jamoasi bo‘lgan davrni qabul qila olmaydi. O‘sha paytda klub mutlaq gegemon bo‘lgan, ular esa bunga bahona izlashyapti. Bu bahonalar esa hech qaerga olib bormaydi.
Biz eng chiroyli va e’tirof etilgan futbolni namoyish etgan jamoa edik. Odamlar bizga hurmat bilan qarardi, biz ko‘p titullar yutdik va butun dunyo "Barsa"ning o‘yin uslubiga mahliyo bo‘lgan. Shunday ekan, o‘zlarini oqlaydigan asossiz bahonalar izlashmasin.
Agar ular "Barsa"ga shu qadar bog‘lanib qolishgan bo‘lsa, demak, bu yana bir marta "Barsa" muvaffaqiyatli davrga kirganidan darak. "Real TV" har hafta hakamlarga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi.
Assambleyadagi chiqishlarida La Liga prezidentini hujum qilishganidan keyin menda shubhalar paydo bo‘ldi. Mening Xaver Tebas bilan ayrim kelishmovchiliklarim bo‘lgan, lekin u — ishiga jonkuyar, halol inson. Bizda unga nisbatan maxsus holat yo‘q — munosabatlarimiz oddiy va professional. “Barsa”ning hammasi normal, “Real”ning esa doimiy konflikt. Ular Tebasni almashtirishga oshiqishyapti.
Tebas La Liga manfaati uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi. Shuning uchun “Real”ning uni chetlatmoqchi bo‘layotgani menga juda shubhali tuyulyapti — ular uni kim bilan almashtirmoqchi?" — dedi Laporta.



Fikrlar