
Laporta Kuman bo‘yicha bir qarorga keldi
“Barselona”ning yangi prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbatdan so‘ng, klub rahbari niderlandiyalik mutaxassis kelasi mavsumda ham ishini davom ettirishini ma’lum qildi. Avvalroq, “Barselona” Chempionlar ligasini erta tark etgani tufayli Laporta bosh murabbiyni iste’foga chiqarishga tayyorligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Endi Ronald Kuman kamida shartnomasi oxirigacha klubda qolishi mumkin va boshlangan ishlarni oxiriga etkazishi kerak bo‘ladi.
Joriy mavsumda kataloniyaliklar Ispaniya chempionati va mamlakat kubogida g‘olib chiqish uchun kurashmoqda.
Fikrlar