
Laporta: "Bizda "Real"dan kuchli jamoa bor"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubni "Real" bilan taqqosladi. Uning so‘zlariga ko‘ra ayni paytda Kataloniyaliklar kuchliroq.
"Bizda" "Real"dan kuchliroq jamoa bor. Ulardan individual va jamoaviy jihatdan yaxshiroqmiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Laportaning so‘zlariga ko‘ra, "Barsa" bu yozda bitta o‘ng qanot himoyachi va ikkita yarim himoyachi sotib olmoqchi. "Real" esa avvalroq, Bellingem, Gyuler, Garsiya va Xoselularni transfer qildi. Shuningdek, "qaymoqranglilar" Mbappeni ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin.
Fikrlar