
Lamin Yamal 17 yoshidayoq nomini tarixga yozdirib qo‘ydi
Germaniya maydonlari mezbonlik qilgan Evropa chempionatining eng yorqin o‘yinchilaridan biri Ispaniya terma jamoasi vakili Lamin Yamal bo‘ldi.
Musobaqa davomida Yamal bir necha rekord ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Xususan, qit’a va jahon chempionatlari tarixida gol urgan va assist qilgan eng yosh futbolchi bo‘ldi.
Bundan tashqari, finaldagi g‘alabadan keyin kuni kecha 17 yoshga to‘lgan Yamal Evropa chempionatlaridagi eng yosh chempion sifatida nomini tarixga muhrladi.
Lamin final uchrashuvida ham faollik ko‘rsatdi. Hujumkor futbolchi 47-daqiqada hisobni ochgan Niko Uilyamsga golli pas uzatdi.
Umuman olganda, Lamin Yamal Evropa chempionatida ettita uchrashuvda qatnashib, bitta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar