La Liga. "Real" safarda yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi
La Liga 2-turidan o‘rin olgan "Selta" - "Real" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar yirik 4:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Qirollik klubi" tarkibida Benzema, Modrich, Vinisius hamda Valverde o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Vigoliklarning yagona goliga Aspas mualliflik qildi.
Shu tariqa, "qaymoqranglilar" 2 turdan so‘ng maksimal 6 ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar