
La Liga. "Real" kutilmaganda o‘z maydonida ochko yo‘qotdi
Ispaniya La Ligasining 7-turi doirasidagi "Real" - "Osasuna" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan bahsda "qirollik klubi" kutilmaganda durang o‘ynadi - 1:1.
O‘yindagi hisob maydon egalari tomonidan ochildi. 42-daqiqada Vinisius Junior ajoyib gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymning 50-daqiqasiga kelib, o‘yindagi hisob tenglashdi. "Osasuna" futbolchisi Kike Garsiya "qaymoqranglilar" darvozasini ishg‘ol qilib, tablodagi natijani 1:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. O‘yinning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlarga boy bo‘ldi, ammo darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
Ta’kidlash kerakki, Karim Benzema 79-daqiqada penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Fikrlar