
La Liga klubi mashg‘ulotlarni boshlamoqchi
"Real Sosedad" klubi 14 aprel kuni yig‘inni boshlamoqchi.
Klub o‘z qarorgohida mashg‘ulotlarni boshlaydi va ehtiyot choralariga rioya qiladi.
Agar bu amalga oshsa, Sosedad mashg‘ulotlarni boshlagan dastlabki jamoaga aylanadi.
Futbolchilar 2-3 kishidan iborat guruhlarga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarni boshlaydi. Kiyinish xonalari alohida bo‘ladi va o‘zaro masofani saqlashadi.
Shuningdek, klub futbolchilar, murabbiylar va xodimlarni koronavirus test nazoratidan o‘tkazadi.
Fikrlar