La Liga klubi 8 oydan buyon jamoasiz yurgan PSJning sobiq futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 28 yanvar, 2020, 18:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erkin agent hisoblangan frantsiyalik yarim himoyachi Xatem Ben Arfa faoliyatini Ispaniyada davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “Valyadolid” 32 yoshli futbolchi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Ben Arfa 8 oydan buyon o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmay kelayotgan edi. U 2019 yilning iyunida “Renn”dan ketgan edi.

Ma’lumot uchun, “Valyadolid” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!