La Liga. Benzemaning 89-daqiqada kiritgan goli "Real"ga 3 ochko keltirdi

  • 1 aprel, 2019, 01:49
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dastavval 3-daqiqada  Xuan Ernandesning golidan so‘ng mehmonlar hisobda oldinga o‘tib olishdi. 25-daqiqada esa Isko muvozanatni tiklashga erishdi.

Tecno

62-daqiqada  Karim Benzemaning uzatmasidan so‘ng Dani Sebalos raqib darvozasini ishg‘ol etib, "qirollik klubi"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq ko‘p o‘tmasdan Xaver Etcheyta Lyuka Zidan qo‘riqlayotgan  darvozani ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. 89-daqiqada esa tinib-tinchimas Benzema o‘zining ajoyib goli bilan madridliklarga 3 ochko keltirdi.

Bugungi muvaffaqiyat natijasida  "Real" hisobidagi ochkolar soni 57 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinda qoldi. 22 ochkosi bor "Ueska" esa hamon so‘nggi pog‘onanini egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shaxlo Umataliyeva
01/04/2019 15:12
Zidanni kegani bilan bulani o'yiniga aloqasi yo wekilli barbr owa owa oyini ketvoti
&
Эльмира
01/04/2019 13:43
Биринчи галабами Зиданни кайтиб кегандан кейин?!!!
Shavkat Tursunov
01/04/2019 10:12
Varatar Zidanni o'g'li buptumi))