La Liga. "Barselona" qiyinchilik bilan "Betis"ni engdi. Endi "Real" bilan oradagi farq ancha jiddiy (Turnir jadvali)

  • 2 fevral, 2023, 02:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 17-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Betis" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi. Ushbu bellashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, 65-daqiqada Rafinya hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Levandovski farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 85-daqiqada Kunde o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. O‘yinda boshqa hisob o‘zgarmadi. 

Shu tariqa, Xavi shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 50 taga etkazib olgan holda, turnir jadvalidagi peshqadamligini yana ham mustahkamlab qo‘ydi. Endi "Real" bilan farq 8 ochkoni tashkil etadi. 

photo_2023-02-02_02-56-08

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!