
La Liga. 10 kishi bo‘lib qolgan "Barselona" g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Ispaniya La Ligasining 20-turidan o‘rin olgan "Granada" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Bellashuvning 57-daqiqasida Dani Alveshning uzatmasidan keyin Lyuk De Yong bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. 80-daqiqada Gavi qo‘pol o‘ynagani uchun hakam tomonidan ikkinchi marta ogohlantirildi va maydonni erta tark etdi.
Bahsning 89-daqiqasida Puertas gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Fikrlar