
La Liga. Kroos qizil kartochka olgan uchrashuvda "Real" Kataloniya klubini enga olmadi
La Liga 12-turidan o‘rin olgan "Real" - "Jirona" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 70-daqiqada Vinisius hisobni ochgan bo‘lsa, biroz o‘tib Stuani muvozanatni tikladi. Shuningdek, "qaymoqranglilar" a’zosi Kroos 90+1-daqiqada maydondan chetlatildi.
Mag‘lubiyatdan qat’i nazar, Karlo Anchelotti shogirdlari La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.
Fikrlar