Kutilmaganda nemis darvozaboniga London grandi xaridor bo‘ldi

  • 4 oktabr, 2022, 09:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen "Tottenxem"ning 2023 yildagi asosiy transfer maqsadiga aylandi. Bu haqda "Jeunes Footeux" nashri xabar berdi.
 
Ayni damda London klubi Ugo Lorisga o‘rinbosar qidirmoqda. Shu bois, "shporlar" ter Shtegenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shuningdek, "Tottenxem" rahbariyati futbolchini Angliya Premer ligasida o‘ynash istagi bor deb o‘ylamoqda.
 
Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"da 2014 yilning yozidan beri to‘p tepadi. O‘shandan beri nemis futbolchisi Kataloniya klubi safida 336 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 333 ta gol o‘tkazib yuborgan.
 
"Transfermarkt" portali 30 yoshli darvozabonning narxini 30 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!