
Kutilmagan transfer: Flik “Barsa”ga Angliyaning superyulduzini tanladi
“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujum chizig‘ini, hususan, chap qanotni kuchaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Germaniyalik mutaxassis yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar “Manchester Yunayted” forvardi Markus Reshfordni qo‘lga kiritishni reja qilgan.
Aslida kataloniyaliklar asosiy nishon sifatida Niko Uilyamsni belgilagan edi. Biroq Evropa chempioni qadrdan “Atletiko”da qolishga qaror qildi.
Shu bois, “Barsa” mutasaddilari boshqa hujumchilarga e’tibor qaratishiga to‘g‘ri kelyapti. Bosh murabbiy Flik bu vaziyatdan chiqish uchun klub xo‘jayinlaridan aynan Reeshfordni olishni so‘rayapti.
Reshfordning manchesterliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi. Transfermarkt ekspertlari to‘purarni 60 million evroga baholamoqda. Bu summa “Barselona”ni ham qoniqtiradi.
Fikrlar