
Kurtua La Ligadagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi
"Real" Madrid klubi va Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya La Ligasidagi 100-uchrashuvini o‘tkazdi.
Kecha chempionatning yangi 2021/22 yilgi mavsum ilk turidan o‘rin olgan "Alaves"ga qarshi o‘yin Kurtua uchun yubiley o‘yin bo‘ldi. Shu kuni “qirollik klubi” 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
“G‘alaba va uch ochkodan juda xursandman. Mavsumni ajoyib boshladik. "Real" safida 100-o‘yinimni o‘tkazganimdan xursandman”, - dedi belgiyalik posbon uchrashuvdan keyin bergan intervyusida.
Tibo Kurtua “Real”ga 2018 yilning yozida “Chelsi”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar