
Kuman: Kimdir norozi bo‘lsa, o‘zimga aytsin
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoadagi raqobat haqida fikr bildirdi:
"Jamoamizda hujumchilar o‘rtasida kuchli raqobat ketmoqda. Bu kurashda Ansu Fati Dembeledan ustun kelyapti. Agar kimdir mendan norozi bo‘lsa, o‘zimga aytsin. Men ularning ikkisini ham yaxshi ko‘raman. Kimda jamoani tark etish niyati bo‘lsa ham, meni ogohlantirishi zarur. Agar hech kim bu borada murojaat qilmasa, demak, jamoamda barchasi joyida.
Umuman olganda, shogirdlarimning hozirgi holatidan ko‘nglim to‘q. Biroq doim oldinga harakat qilishimiz zarur. Futbolchilarning mehnat qilishi juda muhim. Umid qilamanki, shu ruhda davom etamiz. "Barselona" rivojlanmoqda, ammo bu hali etarli emas",-deya AS nashri niderlandiyalik mutaxassis so‘zlarini keltirmoqda.
Fikrlar