“Kuchli hayajondamiz”: “Barsa” yulduzi O‘zbekiston bilan bo‘ladigan to‘qnashuv oldidan yana nimalar dedi?

  • 24 iyul, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahondagi barcha sport ishqibozlari kutayotgan Parij Olimpiadasining futbol musobaqasini O‘zbekiston – Ispaniya hamda Argentina – Marokash uchrashuvlari boshlab beradi.

Tecno

Ko‘pchilikning e’tibori terma jamoamizning ispanlar bilan bo‘ladigan o‘yiniga qaratiladi. Chunki Ispaniya milliy terma jamoasi yaqinda Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionatida g‘olib chiqqanidan keyin bu mamlakat futboliga bo‘lgan qiziqish yanada kuchaydi.

Qolaversa, Olimpiya o‘yinlari bu gal Evropa qit’asi yuragi bo‘lmish Parijda o‘tkazilayotgani ham “ko‘hna qit’a” mamlakatlari terma jamoalari natijalariga qiziqishni orttirishi tabiiy hol sifatida baholanmoqda.

O‘zbekiston va Ispaniya terma jamoalarining o‘zaro bellashuvi oldidan raqib tarkibiga jalb qilingan “Barselona” tarbiyalanuvchisi Pau Kubarsi ispan nashrlariga o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

- Men maksimal darajada rohat olishga harakat qilyapman va bu erda bo‘lish menga juda yoqyapti. To‘g‘risini aytsam, bir yil muqaddam bu erga klishim mumkinligi haqida tasavvur ham qila olmasdim.

Biz haqiqatan ham musobaqa boshlanishi va birinchi o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz.  Debyut o‘yinimizga juda uzoq muddat tayyorlandik, juda hayojondamiz, chunki Olimpiya o‘yinlari katta va mas’uliyatli musobaqa.

Biz bu turnirga juda katta ishtiyoq va maqsadlar bilan kirishyapmiz. Har doim maksimal natijalarga intilamiz, chunki Ispaniya terma jamoasi a’zolarimiz. Terma jamoamiz doimo yuqori natijalarni qo‘lga kiritishi kerak.

Agar biz yaxshi raqobatlaga olsak va o‘z o‘yinimizni namoyish qila olsak, musobaqani juda yaxshi saviyada o‘tkamiz, - dedi 17 yoshli himoyachi Pau Kubarsi.

Ispaniya terma jamoasi “Tokio-2024” Olimpiadasida ham juda muvaffaqiyatli ishtirok etib, finalgacha etib borgan. Biroq ispanlar hal qiluvchi bahsda Braziliya terma jamoasiga yutqazib qo‘yib, kumush medal bilan kifoyalangan.

Bu gal ispan futbolchilari oldiga milliy terma jamoaning qit’a chempionatidagi zafarli yurishlarini davom ettirib, Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

O‘zbekiston va Ispaniya terma jamoasi musobaqaning “S” guruhidan joy olgan. Bu kvartetda Misr va Dominikan Respublikasi futbolchilari ham bor.

Olimpiya o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi futbol bellashuvlarida 16 mamlakat terma jamoalari to‘rt guruhga bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashadi. Har bir guruhdan dastlabki ikki pog‘onani egallagan jamoala pley-offga yo‘llanma oladi.

Guruh bahslarida ishtirokchilarning ochkosi bir xil bo‘lib qolsa, avval to‘plar nisbatiga, keyin esa, terma jamoalarning o‘zaro o‘yindagi natijasiga qarab, keyingi bosqichga yo‘llanma oladigan jamoa aniqlanadi. 

Shomurodov va Fayzullaev etakchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Parijda shov-shuv ko‘taradi!

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Shomurodov va A Seriya bo‘yicha ma’lumot chiqardi

Ispaniya bosh murabbiyi va sardori O‘zbekistonga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?

“Parij-2024”: Shomurodov, Fayzullaev va Olimpiadaning eng mashhur yulduzlari!
Fayzullaev xorijdan yaxshi takliflar oladi, agar...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Боратов Даврон 1986 Кудаш
24/07/2024 13:40
Ничья хам ёмон эмас олга шоввозлар
Ilhomjon
24/07/2024 17:34
Оллохдан Футболчиларимизга омад тилайман
Кенжаев Мажид
24/07/2024 10:45
Узбекистонга Омад 2:1 булади худо хохласа! Розимиз факат яхши уйин курсатсин Узбекистон! Бу бизнинг юзимиз, фахримиз!