Kroos: “So‘nggi 10 yil ichida menda "Barsa"ga qarshi xissiyot paydo bo‘lgan”

  • 10 may, 14:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasining yarim finalda "Barselona"ni mag‘lub etgan "Inter" finaliga yo‘l oldi. Mazkur natijaga Toni Kroos munosabat bildirdi.

Tecno

— Men o‘zimni "Inter" muxlisi deb aytmayman, lekin ehtimol, so‘nggi o‘n yilda bir narsa yuz berdi va endi men bioz ko‘proq "Barsa"ga qarshi bo‘lib qolganman. Shu bois 3:3 bo‘lganida "Inter" uchun xursand bo‘ldim.

Biroq, "Barselona"ning o‘yini uchun Xans-Diter Flikni alohida ta’riflash kerak — ular ajoyib futbol ko‘rsatishdi. Lekin qaysi biri kuchliroq? Ikki jamoa ham bir-birlariga qanday qiyinchilik tug‘dirishni juda yaxshi bilardi. "Inter" himoyada juda yomon o‘ynadi, lekin baribir etti ta gol urdi, — dedi "Real"ning sobiq germaniyalik yarim himoyachisi.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar ustidan muvaffaqiyatga erishib, Chempionlar ligasining finaliga yo‘l olgan milanliklar bu bosqichda Frantsiyaning PSJ klubi bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!