
Kroos "Real"da qoladimi?
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti germaniyalik yarim himoyachi Toni Kroosning amaldagi shartnomasi haqida fikr bildirdi.
“Kroos bilan yangi shartnoma? Hammasi uning qaroriga bog‘liq. Agar Toni "Real"da qolishni istasa, juda xursand bo‘lardik", - deya fikr bildirdi italiyalik mutaxassis.
Kroosning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Nemis futbolchisi 2014 yildan beri "Real"da o‘ynab kelmoqda. Toni Madrid Grand safida barcha musobaqalar doirasidagi 230 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar