
Kroos: "Bavariya" 3:1 yoki 2:0 hisobida g‘alaba qozonadi"
Birozdan so‘ng Evropa Chempionlar ligasi 3-turi doirasidagi “Bavariya” – “Barselona” uchrashuvi start oladi. "Real"ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos ushbu o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bavariya" 3:1 yoki 2:0 hisobida g‘alaba qozonadi", - deya Kroosning so‘zlarini keltiradi "Barca Universal".
Ma’lumot uchun, so‘nggi oltita o‘yinda “Bavariya” “Barselona”ni mag‘lub etgandi. Bellashuv 00:00da start oladi.
Fikrlar