
Kristina Mladenovich Kanadada hafa bo‘ldi
Frantsiyalik tennischi Kristina Mladenovich Toronto shahrida o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasida omadsizlikka uchradi.
Kristinaga mazkur bosqichda amerikalik Jennifer Brediga qarshi kortga chiqib, yakunda 1:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa "Rogers Cup"ning ikkinchi bosqichida Bredi ruminiyalik Simona Xalepga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar