Ko‘zga ko‘rinmanglar! Manchester klubi bir necha yulduzga klub bazasiga kelishni ta’qiqladi

  • 19 iyul, 22:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati bosh murabbiy Ruben Amorimning kelasi mavsum uchun rejalariga kiritilmagan bir guruh o‘yinchilarga mahalliy vaqt bilan soat 17:00 ga qadar klub bazasiga kirishni ta’qiqladi.

Tecno

 The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, klub Antoni, Markus Reshford, Jeydon Sancho, Alexandro Garnacho va Tirell Malasianing bazaga kirishini cheklash orqali ularga tezroq ketishlari kerakligini ishora qilgan.

Bu o‘yinchilar avvalroq asosiy jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyatidan ham mahrum qilingan edi.

Klubdagilar orasida rahbariyatning bu qarorini yoqlamayotganlar ham bor. Ular Antoni, Reshford, Sancho, Garnacho va Malasiaga nisbatan bunday munosabatlar bu o‘yinchilarning transfer summasi pasayishiga olib kelishini ta’kidlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!