
Koutino zaiflashib qolgan “Barselona”ga qaytishni istamayapti
Transfer huquqi “Barselona”ga tegishli bo‘lgan Filippe Koutino Chempionlar ligasida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragan kataloniyaliklar safiga qaytmoqchi emas. Ayni paytda “Barsa” katta o‘zgarishlar arafasida turibdi.
- Men jarohatimni davoladim va uzoq muddat o‘ynamadim. Formamni tiklash uchun qattiq mehnat qildim. Muhim uchrashuvda qatnashdi va bundan mamnunman. “Barselona”ga qarshi o‘ynash boshqacha hissiyot berdi. Hozir “Bavariya” bilan shartnomam bor va e’tiborimni Chempionlar ligasiga qaratganman, - dedi braziliyalik pleymeyker.
Koutino kataloniyaliklarga qarshi uchrashuvda ikkita gol urganidan keyin uni “Barselona”ga qaytishi haqidagi gaplar tarqala boshladi. Biroq, futbolchining o‘zi Angliya premer-ligasida to‘p surishni istamoqda. Unga “Arsenal”, “Tottenxem” va “Lester” qiziqayotgani aytilmoqda.
Fikrlar