Koutino ertaga jarrohlik stoliga yotadi

  • 2 yanvar, 2021, 00:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutino ertaga 2 yanvar kuni tizzasidan operatsiya qilinadi. U La Liganing 16-turidan o‘rin olgan “Eybar”ga (1:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, braziliyalik futbolchining qachon safga qaytishi ertaga o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotidan so‘ng aniq bo‘ladi. Bundan avvalroq, uning to‘liq sog‘ayishiga 4 oy vaqt talab etilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Koutino joriy mavsum “Barselona” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!