
Koutino "Barselona"ga qaytib, mashg‘ulotlarga kirishdi (Foto)
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Bavariya"ga ijaraga berilgandi. Ma’lum vaqt Myunxenda faoliyat yuritgan braziliyalik xavbek Kataloniyaga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Koutino "Barselona"da mashg‘ulotlarga kirishdi. U mavsumoldi tayyorgarlik uchun jamoaga qo‘shildi. Filippe "Bavariya" safida EChL finalida ishtirok etib, mavsumni kechroq yakunlagani uchun 8 sentyabrga qadar ta’til berilgan edi, ammo futbolchi "Barselona" ixtiyoriga ertaroq etib keldi.
Ispan nashrlarining yozishicha "Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman unga ishonch bildirmoqda va yangi mavsum Koutinoning xizmatlaridan foydalanmoqchi.
Fikrlar